25 mar 18:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Gulamiryan WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritdi
Franciyalik bokschi Arsen Gulamiryan birinchi og'ir vazn toifasida vakant bo'lib qolgan WBA chempionlik kamariga ega chiqdi.
Asli kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan Arsen belgiyalik raqibi Riyad Merxini mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu chempionlik jangi Franciyaning Marsel shahrida bo'lib o'tdi.
Jangning 11-raundida ketma-ket zarbalarni o'tkazib yuborgan Merxi nokdaun holatiga tushib qoldi. Referi esa bu vaziyatda jangni to'xtatishdan o'zga chora topa olmadi. Gulamiryan chempionlik kamarini qo'lga kiritish barobarida Riyadga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni ham taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar