25 iyu 15:21
Yangiliklar

Gulnoza Matniyazova bronza medali sohibasi
Ayni daqiqalarda umumiy mukofot jamg'armasi 154 00 evroni tashkil etuvchi musobaqaning ikkinchi kungi final bellashuvlari o'tkazilyapti. Hozirgina -70 kg vazn toifasidagi bronza medali uchun kechgan bahs yakuniga etdi.
Unda terma jamoamizning tajribali dzyudochisi Gulnoza Matniyazova qozog'istonlik Zere Bektashkizini mag'lubiyatga uchratib, Ulan-Bator "Katta Dubulg'a" turnirining bronza medalini qo'lga kiritdi. Gulnoza shuningdek, muhim 500 reyting ochkosini ham o'z hisobiga yozib qo'ydi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi bugungi kun bahslarini 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Jamoamiz hisobida hozircha 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bor. Ertaga og'ir vazn toifasidagi dzyudochilarimiz medallar uchun kurashga kirishadilar.
Fikrlar