15 avg 12:44
Yangiliklar
Dzyudo
Gulnoza Matniyazova Magistratura bosqichiga talabalikka qabul qilindi
Parij-2024 Olimpiadasidan so'ng dzyudochilik faoliyatini yakunlagan dzyudochimiz endi Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar Universiteti magistranti.
Xalqaro toifadagi sport ustasi, "SHuhrat" medali sohibasi, Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiadalari ishtirokchisi, jahon va Osiyo chempionatlari sovridori Gulnoza Matniyozova TIFT Universitetining magistratura bosqichida talimni davom ettiradi.
Matniyazovaning erishgan yutuqlari Universitet rahbariyati tomonidan etirof etilib, grant asosida o'qishga qabul qilindi. Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Parij Olimpiadasidan keyin professional sportchilik faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar