28 iyu 08:22
        Yangiliklar	
	
				
				    Dzyudo, Tokio-2020			    
				 
				
			 
				Gulnoza Matniyazova ippon evaziga yutqazib qo'ydi
Tokio Olimpiadasining beshinchi kungi bahslari davom etmoqda. 
			Hozirgina o'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtirokini g'alaba bilan boshlab bergan dzyudochi qizimiz Gulnoza Matniyazova ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi.
Afsuski, Xorazm vakilasi jiddiy raqib - shu yil Vengriyada o'tkazilgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori, ikki karra Evropa chempioni, "Masters", "Katta Dubulg'a", Gran-pri turnirlari g'olib va sovrindori, niderlandiyalik Sanne Van Diykega ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar