07 apr 18:51
Yangiliklar
Gulnoza Matniyazova Osiyo chempioni, Boltaboevda bronza
Quvonarlisi, -70 kg vazn toifasida yurtiiz sharafini himoya qilgan Gulnoza Matniyazova Osiyo chempioniga aylandi. U oltin medal uchun kechgan bellashuvda koreyalik Seongeon Kimga qarshi tatamiga chiqdi va raqibasini mag'lubiyatga uchratdi. Bu terma jamoamizning Osiyo chempionatidagi ikkinchi oltin medali edi.
-63 kg vazndagi vakilamiz Farangiz Xojieva bronza uchun bahsda xitoylik Yunxia Yangdan mag'lubiyatga uchradi. -81 kg vazndagi tajribali dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboev Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Qoraqalpoq o'g'loni bronza uchun kechgan bellashuvda koreyalik Li Sung Xodan ustun keldi. -70 kg vazndagi ikkinchi dzyudochimiz Farangiz Xolmurodova esa bronza medaliga bo'lib o'tgan uchrashuvda avstraliyalik Aoif CHouglanga yutqazib qo'ydi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi kungi bahslarda 1 ta oltin, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar