10 sen 11:41
Yangiliklar
Guskov oktyabr oyida jang o'tkazadimi? Bogdanning o'zi bu savolga javob berdi
"Hozircha janglar yo'q. Oktyabr oyida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida ishtirok etishni rejalashtirgan edim, ammo aynan kuchli beshlik (top) vakillaridan raqib topilmadi. Hozircha boshqa raqib bilan jang qilishda mantiq ko'rmayapman. Biroz dam olaman, chunki yanvar oyidan beri qattiq mehnat va og'ir rejimda ishladim, bitta jang ham o'tkazdim. Qayta quvvatlanib olishim kerak.
O'tgan yili Vegasda yilning yakuniy turnirida jang qilgandim — balki bu yil ham o'sha erga borarman", — deya Guskovning so'zlarini keltirmoqda "Sovsport" nashri.
Guskovning so'nggi jangi shu yil 25 iyul kuni Abu-Dabidagi UFC Fight Night turniri doirasida bo'lib o'tdi. Oqshomning asosiy jangida u Magomed Ankalaevga beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Malumot uchun, Bogdan Guskov o'z faoliyati davomida aralash yakkakurashlar (MMA) bo'yicha 18 ta g'alaba, 4 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U UFC`da 2023 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.

Fikrlar