08 apr 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/213650_220.jpg)
"Ha, u yirtqich, faqatgina yarimo'rta vaznda". Adesanya CHimaev haqida gapirdi
O'rta vaznda UFC chempioni, 32 yoshli yangi zelandiyalik jangchi Israel Adesanya shved jangchisi Xamzat CHimaev haqida gapirdi.
"Bu yigit yarimo'rta vaznda jang qiladi. Ha, u bir marta o'rta vaznda xuddi past darajadagi yigit kabi jang qilgandi. Albatta, u bir qancha o'rta vaznlilarni mag'lub etishi mumkin, lekin CHimaev menga nimadir ko'rsatib, meni hayron qoldirishini aytganman.
Uning so'nggi jangi yaxshi bo'ldi, men uni yoqtirmasligim mumkiligini, uning qilgan ishidan hayratga tushsamgina unga ishonch bildirishimni aytdim. Ha, u yirtqich, lekin u yarimo'rta vaznda yirtqichdir", - deya Adesanyaning so'zlarini ketiradi Sportskeeda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar
marta uqib ciqibam cunmadm