So’nggi yangiliklar

22:35U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон финалда 9 киши бўлиб қолди ва якунда чемпионликни қўлга киритди 0 22:32Лазизбек Мулложонов WBC Гран-присини техник нокаутли ғалаба билан бошлади 0 18:20Руслан Абдуллаев филиппинлик тажрибали рақибига қарши жангидан қанча гонорар олгани маълум бўлди 0 17:57"Байер" Алонсонинг "Реал"ни бошқаришни истаётганини билади ва мураббийга тўсқинлик қилмайди 0 17:35Промоутер: "Барчамиз биламиз, у Виржил Ортис билан жанг қилишни хоҳламайди" 0 17:08Осиё чемпионатида муваффақиятли қатнашган курашчиларимиз муносиб тақдирланишди 0 16:43Сирочбек Исмоилов ягона мағлубиятини Шакур Стивенсондан қабул қилиб олган япон боксчисини таслим этди! Уч нафар боксчимиз Кореядаги проф бокс оқшомида жанг қилди 0 16:17"Манчестер Юнайтед" деярли 60 млн евро турадиган футболчига қизиқиш билдирмоқда 0 15:52Хильберто Рамирес кейинги жангини июнь ойида ўтказади, рақиб аниқ 0 15:29Ўзбекистон хоккей терма жамоасининг тарихий Жаҳон чемпионатидаги сўнгги ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:55Мадримовнинг вазнидаги қозоғистонлик боксчи проф фаолиятида илк бор ғалаба қозона олмади 0 14:30"Манчестер Сити" 70 млн евродан ортиқ маблағга португалиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:05Кичик ўсмир боксчиларимиз Осиё чемпионатини иккита ғалаба билан бошлашди. Бугун яна беш нафар вакилимиз рингга чиқади 0 13:42Ўзбекистон чемпион бўлган Жаҳон чемпионатининг IV дивизионида якуний турнир жадвали қай ҳолатда? 0 13:15WBC Гран-приси. Бугун Лазизбек Мулложоновга мухлислик қиламиз 0

28 fev 06:44
Yangiliklar

Dzyudo

Hafta qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi + FOTO

Teglar :  DzyudoO'zbekiston
Parij hamda Dyusseldorf "Katta Dubulg'a" turnirlarida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Toshkentga qaytib keldi.

Bundan bir necha daqiqa avval Istanbul - Toshkent avia reysi bo'yicha parvozni amalga oshirgan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. Terma jamoa azolarini O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, sportchilarning oila azolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi. 

"Olimpiadaga tobora oz fursat qolgani sari o'tkazilayotgan turnirlar ham har qachongidan murosasiz kechadi. Musobaqaga reyting peshqadamlari, eng sara dzyudochilarning kelishi esa medallar uchun kurashni yanada keskinlashtiradi. Parij va Dyusseldorf tatamilarida biz ana shu keskinlikka guvoh bo'ldik. Birinchi navbatda dzyudochilarimizning o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashganidan xursand bo'ldim. Ayniqsa, Dyusseldorfda 2 ta oltin medal qo'lga kiritilgani yigitlardagi ishonchning yanada ortishiga zamin yaratdi. Oldinda bizni Marokashda o'tkaziladigan Gran-pri turniri kutib turibdi. Bugun terma jamoa azolari tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Ertadan esa yana mashg'ulotlarni boshlaymiz", - dedi terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis.    

Davlat Bobonov, Dyusseldorf turniri g'olibi

"Bu oltin medalni uzoq kutgandim. Murosasiz bellashuvlar yakunida "Katta Dubulg'a" turniri g'olibiga aylandim. Federaciya rahbariyati va murabbiylarimga rahmat aytmoqchiman. Musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Parij va Kyoln shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etildi. Albatta, bu etibor o'z mevasini bermay qolmadi. Germaniya va Franciyadagi muvaffaqiyatli ishtirok nafaqat men, balki barcha jamoadoshlarimda o'z kuchiga bo'lgan ishonchning yanada oshishiga xizmat qiladi". 

Muhammadkarim Hurramov, Dyusseldorf turniri g'olibi  

"Davlat aytganidek, bu chempionlikni uzoq kutgan edik. Juda muhim pallada, reytingi yuqori bo'lgan musobaqada zafar quchganimizdan mamnunmiz. Dyusseldorf turniridagi ishtirok bizga 1000 reyting ochkosini taqdim etdi. Finalda elkamdagi kichik jarohat bilan harakat qilishga majbur bo'ldim. Lekin g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi shekilli, terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni taqdim etdim. Endi to'xtash yo'q. May oyigacha yana oltita musobaqa qolgan. Bu turnirlarda ham muhim ochkolarni jamg'arib, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz".

Hikmatulloh To'raev, Parij turniri sovrindori

"To'g'ri, bronza medali va 500 reyting ochkosi ham biz uchun qimmatli hisoblanadi. Lekin oltin va 1000 reyting ochkosi baribir boshqa edi. Afsuski, bu amalga oshmay qoldi. Keyingi musobaqalarda bronzani oltinga aylantirishga astoydil harakat qilaman. Fursatdan foydalanib, federaciya rahbariyati hamda murabbiylarimga rahmat aytmoqchiman. Medallarning qo'lga kiritilishida ularning ham xissalari va xizmatlari katta bo'ldi". 

SHarofiddin Boltaboev, Parij turniri sovrindori   

"Parij shahri mezbonlik qilgan nufuzli musobaqada dunyoning 115 davlatidan eng sara dzyudochilar ishtirok etdi. Finalgacha mag'lubiyatsiz etib bordim. CHempion bo'lishga juda yaqin kelgandim. Belgiyalik raqibimni bemalol mag'lub etsam bo'lardim. Amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami Sagi Muki, yarim finalda yaponiyalik Sotaro Fijivaradan ustun kelganimdan so'ng o'zimga bo'lgan ishonch yana ham ortgandi. O'ylaymanki, finaldagi xatolarimdan xulosa chiqargan holda Rabatdagi turnirda chempionlik shoxsupasiga ko'tarilaman".   

Eslatib o'tamiz, Parij "Katta Dubulg'a" turnirida SHarofiddin Boltaboev (-81 kg) kumush, Hikmatulloh To'raev (-73 kg) bronza medalini qo'lga kiritgandi. Boltaboev 700, To'raev esa 500 reyting ochkosiga ega bo'lgan edi. Dyusseldorfda esa Davlat Bobonov (-90 kg) va Muhammadkarim Hurramov (-100 kg) musobaqaning oltin medali va shu bilan birga 1000 reyting ochkosini qo'lga kiritgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing