19 jan 14:23
Yangiliklar
Dzyudo
Hakamlarimiz Qatarda IJF seminarida ishtirok etishdi FOTOGALEREYA
Qatar poytaxti Doha shahrida Xalqaro dzyudo federaciyasi tomonidan hakamlar uchun seminar o'tkazildi.
Ikki kun davom etgan mazkur xalqaro seminarda dunyoning ko'plab davlatlaridan hakamlar ishtirok etishdi. Ular orasida o'zbekistonlik olti hakam - Nig'monjon Mirzarahmonov, Ramziddin Saidov, Vyacheslav Pereteyko, Kamol Murodov, Ulug'bek Azizov va Rustam Ametov ham bor edi.
Seminarda hakamlikdagi bazi o'zgarishlar, qo'shimchalar, Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi reyting musobaqalar va undagi hakamlik masalalari yuzasidan axborot berildi, fikr almashildi.
Hakamlarimiz Toshkentga qaytgach, O'zbekiston dzyudo federaciyasida yosh hamkasblari va terma jamoamiz azolariga Qatardagi seminardan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar