27 dek 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA

"Haligacha Tayson ikkinchi jangda Usikni yutdi deb o'ylayapman" - promouter
Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren Aleksandr Usikka qarshi revansh jang haqida gapirdi.
"TV orqali ko'rib, bu yaqin jang bo'lgan deb o'yladim, ammo haligacha Tayson g'alaba qozongan deb o'ylayapman. Bu yaqin jang bo'ldi. Hakamlik haqidagi fikrimni o'zgartirmayman.
Men jang natijasiga emas, hisob-kitoblar bo'yicha shikoyat qildim. Nima uchun hakamlardan biri so'nggi raundda Taysonga umuman g'alabani bermagan, buning imkoni yo'q. Usik so'nggi ettita raundning barchasida yutgani yo'q, bu aniq", - dedi Uorren.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar