03 fev 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Hamma aeroportga! Ikki yo'nalish bo'yicha jahon chempioni qaytmoqda!
Malumki, uch kun avval professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliev amerikalik Daniel Romanni mag'lub etib, ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Birozdan so'ng, aniqrog'i 10:00da Ahmadaliev Toshkentga qaytib keladi. Hafta qahramonini tantanali kutib olish marosimi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tashkil etiladi.
Tadbirning ikkinchi qismi poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida davom ettiriladi. U erda Murodjonga "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni topshiriladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar