28 may 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Hamyurtimiz Octagon 59 turnirida mag'lubiyatsiz qozoq jangchisi bilan to'qnash keladi
23 iyun kuni Qozog'istonning Almati shahrida MMA bo'yicha Octagon 59 turniri bo'lib o'tadi.
Tashkilotchilar tomonidan oqshomdan o'rin olgan yana bir jang elon qilindi.
Unda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramziddin Omonov mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik Timur Kuanishga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, Ramziddin Omonov faoliyati davomida 8 ta jang o'tkazib, 5 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Uning raqibi Timur Kuanish esa to'rtta jangda to'rtta g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar