18 fev 12:44
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Hamyurtimiz Pxyonchxan Olimpiadasida chiqish qildi
Qishki olimpiya o'yinlaridagi ikkinchi vakilimiz ham Olimpiadadagi chiqishini amalga oshirdi.
Komil To'xtaev tog' chang'isining gigant slalom bahslarida ishtirok etdi. Vakilimiz birinchi urinishda 1:17.72 vaqt natijasi bilan 60-o'rinni egalladi. Ikkinchi urinishda esa 1:18.27 natija bilan 52-pog'onadan joy oldi.
To'xtaev 75 nafar ishtirokchi orasida 52-o'rinni band etdi. U Olimpiada chempioniga aylangan avstriyalik Marsel Xisherga 17.95 soniya vaqtni boy berdi.
Endi 21 yoshli Komil To'xtaev 22 fevral kuni tog' chang'isining slalom musobaqasida o'z imkoniyatni sinovdan o'tkazadi. Ushbu bahslarga “Yongpyong Alpine Centre” majmuasi mezbonlik qilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar