So’nggi yangiliklar

10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0

07 iyu 13:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Hamyurtimiz Tamila Sarixanova o'zbek boksida texnik delegat sifatida ishlaydigan birinchi ayolga aylandi

Teglar :  Tamila Sarixanova
Jahon sport olamida rasmiy lavozimlarda afsuski hozircha o'zbekistonlik mutaxassislarni ko'p ham uchratavermaymiz.

O'zbek boksi jahon miqyosida etakchilardan biri bo'lishiga qaramay, ushbu sport turida O'zbekistondan bo'lgan rasmiy shaxslar ro'yxati u qadar katta emas. 

Lekin, shuni mamnuniyat bilan elon qilamizki, hamyurtimiz Tamila Sarixanova o'zbek boksi tarixida ilk bor supervayzer unvoniga ega bo'ldi. 


Malumot uchun, boks olamida supervayzer - rasmiy ravishda texnik delegat, har qanday darajadagi boks musobaqalarini o'tkazish uchun asosiy va masul shaxs hisoblanadi, sport tadbirining muhim va umuman barcha masalalarda muhim inson hisoblanadi. 

Boksda uch toifadagi rasmiy shaxslar bor: RJ - hakamlar va referilar, ITO - xalqaro texnik rasmiylar va eng yuqori unvon - TD - texnik delegat. 


Tamila Sarixanova Olimpiya boksidagi faoliyatini boshlaganiga ko'p vaqt bo'lmaganiga qaramay, ushbu sport turi mutaxassislari ichida hurmat va obro'-etiborga ega bo'lib ulgurdi. U IBAning navbatdagi kongressida milliy federaciyalar bilan ishlash bo'yicha qo'mita raisining o'rinbosari lavozomiga, Osiyo boks konfederaciyasida esa ayollar komissiyasi azosi etib saylandi.

SHu tariqa, Tamila Sarixanova bugungi kunda xalqaro arenada O'zbekiston nomidan faoliyat olib boruvchi eng yuqori lavozimli rasmiy shaxs va mamlakatimiz nomidan faoliyat olib boruvchi yagona ayol mutaxassis sifatida ishlaydigan bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
07 iyu 14:03:46
SPRINTERshashist
Бу Киз анчадан бери боксчилар билан юрадику.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing