13 iyu 10:58
Yangiliklar
O'zbekistonlik MMA jangchilari Konorning kechagi mag'lubiyatiga ikki xil yondashishdi
Oqshomning markaziy jangida irlandiyalik UFC sobiq chempioni Konor Makgregor AQSH vakili Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raunddayoq jarohat tufayli jangni davom ettira olmagan va natijada texnik g'alaba mezbon aralash yakkakurash ustasiga berilgandi.
O'zbekistonlik MMA jangchilari Mirafzal Axtamov va Saidyoqub Qahramonov kechagi jang bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Mirafzal Axtamov - "Bu Konorning qaytishi emas, tugashi edi. U tugadi".
Saidyoqub Qahramonov - "Uning davri o'tmadi, uning jarohati bor edi. Asosiy jangni bekor qilish - bu chiptalarni qaytarish degani. Las-Vegasda shunday qoida bor, shuning uchun UFC uni jangga qo'ydi. Dana Uayt ham shuni bilgani uchun zalda ko'rinish bermadi".
Mirafzal Axtamov - "Jarohati bo'lmasa ham yutish ehtimoli kam edi".
Saidyoqub Qahramonov - "Yutish ehtimoli hammada bir xil bo'ladi", deya Axtamovning fikriga javob qaytargan Saidyoqub.
Fikrlar