So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

17 mar 07:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Hamyurtlarimizning sobiq raqiblari ishtirok etgan UFC Fight Night 239 turnirining barcha natijalari bitta sahifada

Teglar :  UFC Fight Night 239
Bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "UFC Apex" arenada liganing navbatdagi musobaqasi o'tkazildi.

Xabar berganimizdek, turnirning markaziy jangi og'ir vaznlilar - avstraliyalik Tay Tuivasa hamda Marchin Tibura o'rtasida kechdi.

Bundan tashqari, bugungi oqshomda hamyurtimiz Mahmud Muradovning sobiq ikki raqibi - Jerald Myorshart va Brayan Barberena ham o'zaro jang qildi. Ushbu to'qnashuvda Myorshart ikkinchi raundda raqibini bo'g'ib qo'ydi. U Muradov bilan bo'lgan jangda ham xuddi shu usulda ustun kelgandi.     

SHuningdek, yana bir o'zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Zarruh Adashevning "eski tanishi" Ode Osborn ham bugun oktagonga ko'tarildi. Jafel Filo birinchi raundning o'zida sambishen evaziga Osbornni taslim etdi. 

Umuman olganda, oqshomdan o'rin olgan 13 ta jangning 7 tasi muddatidan avval yakuniga etdi. Qizig'i, 6 ta jang sambishen, 1 tasi texnik nokaut bilan tugadi. Brayan Battl va Anj Luza o'rtasidagi jang o'tkazilmagan deb topildi. Bu jangda xuddi Muradovning bahsida bo'lgan holat kuzatilgan.

UFC Fight Night 239 turnirining to'liq natijalari:

Asosiy kard

Tay Tuivasa — Marchin Tibura, (1-raundda sabmishen)

Brayan Battl — Anj Luza, (Jang o'tkazilmagan deb topildi)

Ovins Sent-Pryu — Kennedi Nzechukvu, (Hakamlar qarori bilan)

Kristian Rodriges — Ayzek Dulgarian, (Hakamlar qarori bilan)

Penni Kianzad — Meysi CHiasson, (1-raundda sabmishen)

Jerald Myorshart — Brayan Barberena, (2-raundda sabmishen).

Prelim kard

Natan Levi — Mayk Devis, (2-raundda sabmishen)

Jozin Nunes — CHelsi CHendler, (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

Odi Osborn — Jafel Filo, (1-raundda sabmishen)

Joshua Kulibao — Denni Silva, (Hakamlar qarori bilan)

Kori Makkenna — Jaklin Amorim, (1-raundda sabmishen)

Tiago Moyzes — Mitch Ramires, (3-raundda TKO)

SHaralampos Grigoriu — CHed Anxeliger, (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing