19 sen 11:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Harbiy bokschilar o'rtasida JCH boshlanmoqda. Bugun 4 nafar o'zbek bokschisi ringga ko'tariladi
Bugun Rossiyaning Moskva shahrida harbiy bokschilar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etayotganliklari haqida avvalroq xabar qilgandik.
Bugun jahon chempionati doirasida to'rt nafar bokschimiz ringga ko'tariladi:
-51 kg: Aziza Yoqubova - Minu Gurung (Nepal) (Boshlanish vaqti - 14:00)
-60 kg: Rayhona Qodirova - Badmarag Ganzorig (Mo'g'uliston) (14:55dan so'ng)
-69 kg: Bilol Mirzarahimov - Gul Zaib (Pokiston) (14:40dan so'ng)
-64 kg: Mujibillo Tursunov - Husayn Jiddi (Eron) (20:30dan so'ng)
Boshlanish vaqtlari Toshkent vaqti bilan va taxminan ko'rsatilgan
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar