So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

22 sen 20:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Harbiy bokschilar o'rtasidagi jahon chempionati: O'zbek bokschilarida 4 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat

Teglar :  Harbiy bokschilar
Moskva shahrida harbiy bokschilar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Bugun musobaqa doirasida sakkiz nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. 

Ringga ko'tarilgan o'zbek bokschilaridan 4 nafari g'alabaga erishgan bo'lsa, 4 nafari afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

-49 kg vaznli bokschimiz Abdumajid Mannopov braziliyalik raqibga qarshi jang o'tkazdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi

-75 kg vaznli bokschi qizimiz Mavluda Mavlonova rossiyalik raqibasiga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi

-56 kg vaznli bokschimiz Samandar Xolmurodov mezbon bokschiga imkoniyatni boy berib qo'ydi

-60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHunqor Abdurasulov musobaqadagi ikkinchi jangini zambiyalik raqibga qarshi o'tkazib, hakamlarning shubhali qarori evaziga mag'lub bo'lgandi. Biroq ushbu natijadan so'ng O'zbekiston terma jamoasi shtabi tomonidan protest yozildi. SHundan so'ng, jang neytral hakamlar tomonidan qayta ko'rib chiqildi va unda SHunqor Abdurasulovning g'alaba qozongani qayd etildi. Demak, SHunqor keyingi bosqichda o'z ishtirokini davom ettiradi!

-64 kg vaznli bokschimiz Mujibillo Tursunov jazoirlik raqibga qarshi ringga ko'tarildi va g'alaba qozondi!

-91 kg vaznli bokschimiz Javohir Tog'aymurodov suriyalik raqibga qarshi ringga ko'tarildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi

-81 kg vaznli bokschimiz SHohruhbek Rustamov jazoirlik raqibga qarshi ringga ko'tarildi va afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi.

+91 kg vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonov keniyalik raqibga qarshi jang o'tkazdi va birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi!

Reyting:    

Fikrlar

   
22 sen 21:31:33
Nuriddin 77
Shunqor Abdurasulov pensiyaga chiqsa ham bōladi qayerdagi afrikalik dexqon bilan teng jang qildi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing