25 sen 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Harbiy bokschilar o'rtasidagi JCH: Bugun to'rt nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi
Moskva shahrida harbiy bokschilar o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida final janglari o'tkaziladi.
Unda to'rt nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tariladi.
-75 kg: Mavluda Mavlonova - Viktoriya Kebikova (Belarus) (18:00dan so'ng)
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Konstantin Opolskiy (Rossiya) (19:20 dan so'ng)
-64 kg: Mujibillo Tursunov - Dmitriy Asanov (Belarus) (19:35 dan so'ng)
+91 kg: Lazizbek Mullojonov - Svetoslav Teterin (Rossiya) (21:15 dan so'ng)
Janglarning boshlanish vaqti taxminan va Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan. Janglarda qayd etiladigan nokautlar, vaqt cho'zilishi va taqdirlash marosimlarini hisobga olgan holda boshlanish vaqtida biroz o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar