21 sen 20:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Harbiy bokschilar o'rtasidagi JCH: To'rtta jangda to'rtta g'alaba!
Moskva shahrida harbiy bokschilar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning uchinchi kunida to'rt nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tarildi.
-51 kg vaznli bokschimiz Aziza Yoqubova musobaqadagi ikkinchi jangini belaruslik raqibasiga qarshi o'tkazdi va g'alaba qozondi.
-81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHohruhbek Rustamov ilk jangini suriyalik raqibga qarshi o'tkazdi va yaqqol ustunlik bilan g'alabaga erishdi.
-91 kg vaznda Javohir Tog'aymurodov musobaqadagi ilk jangini tunislik raqibga qarshi o'tkazdi va g'alabaga erishib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
+91 kg vaznli bokschimiz Lazizbek Mullajonov musobaqadagi ilk jangida ozarbayjonlik raqibga qarshi ringga ko'tarildi va g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar