27 sen 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Harbiy orkestr, gullar va tantana. Jahon chempionatida 7 ta medal qo'lga kiritgan bokschilarimiz O'zbekistonda munosib kutib olindi + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, 18-25 sentyabr kunlari Moskva shahrida harbiy bokschilar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada o'zbekistonlik sportchilar 7 ta (3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) medal qo'lga kiritishdi. Musobaqada qatnashgan bokschilarimiz bugun, 27 sentyabr kuni soat 03:00da yurtimizga qaytib kelishdi.
Ular Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Foto: Aziz To'xtamurodov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar