25 mar 09:07
Yangiliklar
Hasanboy Do'smatov Bishkekda jang qilmaydi
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Hasanboy Do'smatov ringga ko'tarilishi, unga o'sha kuni puerto-rikolik Jonatan Gonsales raqiblik qilishi haqida xabar bergan edik.
Biroq malum bo'lishicha, o'ta engil vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempionlik kamari (Interim) uchun o'tkazilishi kutilgan jang Gonsalesning boshqa bellashuv bo'yicha kelishuvga erishgani uchun bekor qilingan.
Mazkur jang 19 aprel kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Tomonlar hozircha bu borada munosabat bildirishmadi.
Malumot uchun, Hasanboy Do'smatov prof faoliyati davomida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Jonatan Gonsales hisobida esa 29 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat mavjud.
Fikrlar