So’nggi yangiliklar

17:49Дэвид Бенавидес: "Бивол, Бетербиев ва Канелони овлаш учун чиқдим" 0 17:28Жейк Пол янги аёллар бокс лигасини йўлга қўймоқда 0 17:07Карл Фроч: "Усик ўткинчи жангни хоҳлади ва уни қўлга киритди" 0 16:46"Манчестер Юнайтед" икки ўйинчини сотиб, 80 миллион евро ишлаб топишни режалаштирмоқда 0 16:25Макс Холлоуэй ва Чарльз Оливейра эртанги жанг учун қанча гонорар олади? 0 16:04Илия Топурия машғулотларни бошлади 0 15:43Дана Уайт Аспиналлнинг Эдди Хирн билан шартнома имзолаганига муносабат билдирди 0 15:22"Барселона" "Рома" марказий ҳимоячисини нишонга олди 0 15:01Фрэнсис Нганну MVP турнирида иштирок этиши мумкин 0 14:40Богдан Гусковнинг жанги расман тасдиқланди 0 14:19Оқ уйдаги UFC турнири битта жангини йўқотди 0 13:58“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди 0 13:37Арман Царукян навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 13:16Cadet European Cup 2026 турнирининг илк куни 13 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 12:55Арина Соболенко Индиан-Уэллсда муваффақиятли старт олди 0

15 avg 09:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Do'smatovning tanzaniyalikka qarshi jangi bekor bo'ldi, qolgan bokschilarimizning raqiblari malum

Xabar berganimizdek, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov professional boksdagi to'rtinchi jangini o'tkazishi kerak edi.

Do'smatov 28 avgust kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga ko'tarilishi va u shu kuni tanzaniyalik 23 yoshli bokschi Yoxana Mchanjaga qarshi jang o'tkazishi lozim edi. Ammo, kutilmaganda ushbu jang bekor qilindi. 

Malumot uchun, afrikalik charm qo'lqop ustasi faoliyati davomida 15 ta jang o'tkazgan. Hisobida 12 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor. Raqiblarini 10 ta jangda muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. Hozircha Do'smatov - Mchanja jangining nima sababdan bekor bo'lgani malum emas. 

Bu Hasanboy uchun prof faoliyatidagi to'rtinchi jang bo'lar edi. U oxirgi jangini 3 aprel kuni "Humo Arena"da Muxsin Kizotaga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgandi. O'shanda 10 raundga mo'ljallangan jang vakant bo'lib turgan WBA International kamari uchun kechgan va unda charm qo'lqop ustamiz raqibini uchinchi raundda nokautga uchratgan edi.   

SHuningdek, 28 avgust kungi boks kechasida o'zbekistonlik bokschilardan Bahromjon Fozilov, Mirzakamol Nematov, Eldor Abduqodirov va Husan Yo'ldoshev ham o'z janglarini o'tkazishadi. Yo'ldoshev rossiyalik Murad Dalxaevga, Nematov armanistonlik Manuk Dilanyanga, Fozilov ukrainalik Dmitro Bogdanovga qarshi rigga chiqadi. Birgina Abduqodirovning hozircha raqibi malum emas.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing