So’nggi yangiliklar

15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0 14:08Петр Ян: "Энди нима дейсан?" 0 13:47Ислам Махачев Петр Яннинг ғалабасига муносабат билдирди + ФОТО 0 13:26Гвардиола кечаги 0:4 ҳисобидаги мағлубиятдан сўнг нималар деди? 0 13:05Эркин кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатида ғолиблар аниқланди 0 12:44Мераб Двалишвили Петр Янни октагонга чорлади 0 12:23Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг учинчи кун финал баҳсларида ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:02Мағлубиятли ўйинда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:41Prezident Kubogi. Нодирбек Абдусатторов дербида ғалаба қозонди. Жавоҳир Синдаровда ҳам 100 фоизлик натижа! 0 11:20Ниҳоят, Ҳумоюн Султонов Калабураги турнири чемпиони! 0 10:59Литва спорт мутахассисларидан иборат делегация пойтахтимизга ташриф буюрди 0 10:38Суперлига. Бугун "Сўғдиёна" 3-ўринга кўтарилиб олиши мумкин 0

11 jan 12:58
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Qiziqarli!

Hasanboy Rahimov diskvalifikaciyadan keyingi holati, MMAdagi jangi va Mahmud bilan mashg'ulotlar - INTERVYU

Olamsport.com Tokio Olimpiadasiga licenziya olib, keyin musobaqaga bora olmagan erkin kurashchimiz Hasanboy Rahimov bilan interyu tashkil etdi.


INTERVYUNING VIDEOSINI KO'RISH


Ushbu sahifada intervyuning matnli ko'rinishini o'qishingiz mumkin. 


- Tokio Olimpiadasiga licenziyangiz bekor qilinib, diskvalifikaciya qilinganingizdan keyingi tushkunlik holatidan qanday chiqib ketdingiz?

- Har bir yomonlik yaxshilik olib keladi deyishadi. Sportchining aynan sportchilik faoliyati qisqa vaqt davom etadi. O'sha vaqt ichida nimagadir erishsangiz erishdingiz. Olimpiadaga borish har bir sportchining orzusi, shu qatorda mening ham. To'g'ri, diskvalifikaciya qilinganimdan keyin qanday holatda bo'lganimni, ichimdan nima o'tganini o'zim bilaman. O'sha vaqtdagi holatimni hozir so'z bilan tushuntirishim qiyin. Mana shunday kunlarni ko'rganimga Allohga shukur qilaman. 


- O'sha paytda sizni kim ko'proq qo'llab-quvvatladi?

- Oilamdagilar. Ota-onam, aka-ukalarim dalda berib qo'llab-quvvatlashdi. 


- Sportdan ketish fikri ham bo'ldimi? 

- Yo'q, sportdan ketishni o'ylamadim. CHunki sportga kelishimdan bittayu-bitta maqsadim bo'lgan. Qanchalik qiyin bo'lmasin - men Olimpiya o'yinlarining oltin medalini yurtimizga olib kelishga harakat qilaman. 


- Mana shu vaqt davomida mashg'ulotlarni tashlab qo'ymadingizmi? 

- 2 oy hech kim bilan gaplashmadim. SHu vaqt ichida na uyquni, na nima eb-ichayotganimni bildim. Lekin ming siqilganim, o'ylanganim bilan hech nimani ortga qaytarolmasligimni tushundim. O'zimga-o'zim "nima qilayapman? shu narsa bilan sinib qoldimmi?" deb savol berdim. Bu holat meni kuchaytirsa-kuchaytirdiki, bo'shashtirib qo'ygani yo'q. SHundan keyin qaytanga ko'proq mehnat qildim, Dog'istonga mashg'ulot o'tkazishga borib keldim. Men Olimpiadaga licenziyani shunchaki, osonlik bilan olib qolmagandim. Meni maqsadim nafaqat Olimpaida licenziyasi, balki Olimpiada oltin medaliga ega chiqish edi. Ammo Tokio-2020ga tayyorgarlik ko'rayotgan vaqtimda licenziya bekor qilingani haqida xabar keldi. Diskvalifikaciyaga sabab bo'lgan holat arzimagan narsa bo'lib chiqdi. Masalan, men har yili Jahon, Osiyo chempionatlarida sovrindor bo'lib kelganman. Har yili mendan 2 martadan doping testi olishgan. SHukurki, hech qachon mendan doping chiqmagan. Biz sportchilar nimalar mumkin-u, nimalar mumkin emasligini yaxshi bilamiz. Olimpiadaga licenziya taqdim etgan musobaqadan 2 oy oldin kasal bo'lib qoldim. Aybim shifokorimizga aytmaganim bo'ldi. Hamma odam qatori kasalxonaga borib, analiz topshirdim. Doktor menga 10 kunlik dorilarni yozib berdi. Dorilarni ichdim va o'sha tabletka doping bo'lib chiqdi. Tan olaman, men bu dorini haqiqatdan ham ichganman. Ko'pchilik menga "ximiya" qilgansan, undan ko'ra o'zingni kuchingga ishon” deb aytadi. Bazilar bor - mana shunday qiladi, lekin hech qanday natijaga erisholmaydi. Bunday yo'l tutish - yutdi degani emas. G'alaba ham, mag'lubiyat ham avvalo Allohdan.


- Yaqin kunlarda diskvalifikaciya muddatingiz tugaydi. Erkin kurashga qaytasizmi?

10 fevral kuni diskvalifikaciya muddatim tugaydi. Fevral oyida Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlari bo'lib o'tadi. SHuningdek, u erda musobaqa ham o'tkaziladi. Ushbu turnirda qatnashaman. Xudo xohlasa, men uchun start o'sha musobaqadan boshlanadi. 


- Dekabr oyi oxirida erkin kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi. CHempionatni kuzatdingizmi?

- Albatta, kuzatib bordim. CHempionatda egizagim Husan ham ishtirok etdi. Husanning vazni -95 kg bo'lsada, u O'zbekiston chempionatida meni vaznimda qatnashdi. Ukam 2015 yil yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o'rinni olgan. 2017 yil oyog'idan jarohat olganidan so'ng erkin kurash bo'yicha musobaqalarda ishtirok etmadi. O'shandan keyin butunlay MMAga o'tib ketdi. Yaqinda bo'lib o'tgan mamlakat birinchiligida -125 kg vaznda 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Bu natija u uchun yaxshi deb o'ylayman. CHunki 4 yil davomida erkin kurash musobaqalarida qatnashmagan MMA sportchisi uchunbu katta natija. 


- O'zingizni MMAda ham sinab ko'rib, turnirlarda ishtirok etdingiz...

- Bolaligimdan MMA turnirlarida ishtirok etish niyatim bo'lgan. Lekin, bunaqa erta amalga oshadi deb o'ylamagandim. Meni orzuim haligacha Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, oltin medal olish.

Agar meni oldinda qandaydir musobaqa kutib turmagan bo'lsa, mehnat qilolmayman. Mana masalan, yanvarda Abu-Dabida MMA bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi. (suhbat 27 dekabr kuni bo'lib o'tgan) Mana shu musobaqaga tayyorlanayapman. Musobaqam bo'lsa, tayyorlanishim osonroq bo'ladi. O'zimni amal qiladigan tartibim bo'ladi. Agarda musobaqam bo'lmasa, rejimni erkin qilib qo'yaman. Mana hozir maqsadim bor va men mashg'ulotlardan zavq olyapman. 


- Faoliyatingizni keyinchalik MMAda davom ettirish niyatingiz bormi? 

- Xudo xohlasa, faoliyatimni MMAda davom ettirish niyatim bor. Lekin men uchun birinchi o'rinda Parij Olimpiadasi. Olimpiadadan keyin MMAga o'taman. 


- Mahmud Murodov bilan mashg'ulot olib bordingiz. Murodovdan tashqari sparing-sheriklar etarlimi? 

- Meni vaznimda sparing-sheriklar kam baribir. Mahmud Murodov bilan mashg'ulotimni ko'rdingiz. U bilan bo'lgan yuklamalarni men boshqa sparing-sheriklardan ololmayman. Bu menga katta tajriba bo'layapti. MMA va erkin kurash boshqa-boshqa sport turlari. Mahmud Murodovni avval yaxshi bilmaganman. Mana shu zalga kelganimdan keyin aka-uka bo'lib kettik. Undan avval televizorda janglarini ko'rib, "men kurashchiman, bu bolani bemalol yiqitaman, u faqat "stoykasi" bilan bor" deb o'ylardim. Mana hozir birga mashg'ulot o'tkazib bildimki, faqat "stoyka"da emas parterda, kurashda ham, umuman har tomonlama kuchli sportchi ekan. 


- Mahmud Murodov bilan qanday tanishgansiz?

- Nukusda MMA bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Turnirda biz birinchi o'rinni egalladik. O'shanda bizni Murodovni o'zi taqdirladi. SHundan keyin biz aka-ukadek bo'lib kettik. 

Mahmud Murodov UFC'da jang qiladi, lekin suhbatlashganingizda oddiy, sammimiy inson ekanligiga amin bo'lasiz. Bunga birgina misol, erkin kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatida Husanni kurashini ertalabdan to tugagunga qadar kuzatib bordi, yonimizda bo'ldi. Mana shu ishidan keyin Mahmud aka men uchun yanada yaqin insonimga aylandi.


Intervyu davomida sportchimiz MMAga qanday qilib kelib qolgani, bunga nima turtki bo'lganini aytib berdi:

"2021 yil uchun meni hech qanday rejam yo'q edi. Men o'zimni kurashdan boshqa sport turida tasavvur qilolmaganman. MMAda qatnashib ham ko'rmaganman. MMA turnirida ishtirok etishim behosdan sodir bo'ldi. Osiyo chempionatiga 5 kun vaqt qolganida menda qiziqish paydo bo'ldi va o'zimni MMA da sinab ko'rishga qaror qildim. Ukam ushbu sport turi bilan shug'ullangani uchun u mashg'lotlar boshlanganini aytib qoldi. Keyin, hozirgi kuchimdan unumli foydalanib, MMAda o'zimni sinab ko'rishga qaror qildim.

MMAda odam umuman boshqacha tuyg'uni his qilar ekan. Erkin kurashdan butunlay farq qiladi bu sport turi. Menga MMA bilan shug'ullanish  kundan-kunga yoqib boryapti. Xudo xohlasa, Mahmud akamga o'xshab UFC'da jang qilish niyatim bor. Agar men erkin kurashchi bo'lmaganimda va bu sport turida meni orzularim bo'lmaganida MMAda qolardim. Lekin bolalimdan niyat qilgan, erkin kurashda erishmoqchi bo'lgan orzularim bor. Men hozir ham MMAga o'tib ketishim mumkin, ammo meni orzuim bor. O'sha orzu amalga oshmaguncha boshqa sport turiga o'tib ketolmayman. 

Suhbatimiz yakunida Hasanboy Rahimov 2022 yildagi rejalari bilan o'rtoqlashdi

"2022 yilda Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. O'zbekistonga Osiyo o'yinlarining oltin medalini olib kelish niyatim bor. Xudo xohlasa, niyatimga etib, oltin medalni yurtimizga olib kelaman".


Xurshida Abdikulova va Sarvinoz Raxmonqulova suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing