06 avg 18:20
Yangiliklar
Hasanboyga yutqazgan Saken Bibossinov qozog'istonliklarga murojaat qildi
U chorak finalda hamyurtimiz Hasanboy Do'smatovga yutqazgandi.
"Qadrli Qozog'iston xalqi!
Orzu... Maqsad... G'alaba...
Tokiodagi Olimpiadada bronza medalini qo'lga kiritganimda, Parij Olimpiadasida qaytib, oltin medal qo'lga kiritaman deb o'ylagandim va o'z maqsadimga erishish uchun bu ergan kelgandim.
Men bu Olimpiadani sabrsizlik bilan kutdim. Mamlakatimga oltin medal taqdim etishni istagandim. Havorang bayrog'imiz ko'tarilib, milliy madhiyamiz yangrashini eshitmoqchi edim. Lekin barchasi ham biz istagandek bo'lavermaydi. Men formada edim deb o'ylayman. Biroz omadim kelmadi. Biroq, Yaratganga shukrki, qozog'istonliklar sharafini himoya qilish baxtiga muyassar bo'ldim.
Meni g'alaba va mag'lubiyatlarda qo'llab-quvvatlagan barchangizga rahmat. Iliq so'zlaringizdan minnatdorman", - deb yozdi Saken Bibossinov.
Fikrlar