26 may 12:30
Yangiliklar
Havaskor boks hakamligida suniy intellekt joriy qilinishi mumkin
Akaevning aytishicha, World Boxing musobaqalarda hakamlikni qo'shimcha nazorat qilish uchun suniy intellektdan foydalanishni rejalashtirmoqda.
"World Boxing musobaqalari doirasida zarbalar soni, aniq tegishlar va ularning kuchini hisoblash uchun suniy intellekt tizimini qo'shimcha hakamlik vositasi sifatida joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu inson omilining tasirini imkon qadar kamaytirishga yordam beradi. Mazkur tizimni joriy yil oxirigacha yoki 2027 yil boshida musobaqa jarayoniga tatbiq etish rejalashtirilgan", deydi qozog'istonlik funkcioner.
SHuningdek, uning so'zlariga ko'ra, sportchilar salomatligini muhofaza qilish maqsadida 2026 yil oxirigacha yoki kelasi yil boshidan havaskor boksda himoya shlemlaridan foydalanish yana qayta joriy qilinishi mumkin.
Fikrlar