So’nggi yangiliklar

22:34Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси ғолиблари Президент томонидан тақдирланди 0 20:42Ўзбекистон Осиё ўйинларида энг кўп боксчи билан ярим финалга йўл олди 0 20:14Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:45"Ғалаба қозонамиз". Сурия терма жамоаси аъзолари Ўзбекистон билан ўйиндан олдин нималар деди? 0 19:13Эртага уч нафар боксчимиз финал йўлланмаси учун жанг қилади 0 19:02Осиё ўйинларининг ўнинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:45Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида ҳам тўртта медалга эга чиқдик! 0 17:11Ўзбекистон футзал МТЖ ФИФА рейтингида пастлади 0 15:47Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов Душанбеда жанг қилади 0 14:31Жавоҳир Синдаров FIDE Excellence Awards 2026 ғолиби бўлди 0 11:56Мария Тимофеева Портудаги WTA 125 турнири ғолибига айланди 0 10:40Президент Шавкат Мирзиёев шахматчиларни Олимпиададаги ғалаба билан табриклаб, Синдаровга чемпионлик баҳсида омад ёр бўлишини тилади 0 20:23Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 19:11Манба: ФИФА президенти тез орада Тошкентга келади 0 18:48Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0

20 noy 15:30
Yangiliklar

Futbol

"Hech qachon hech qachon dema". Messi va Ronaldu bir stol atrofida

Teglar :  JCH-2022
Bugun, 20 noyabr kuni futbol bo'yicha to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - jahon chempionati start oladi.

Osiyo qitasida 2-marta, Yaqin SHarq mintaqasida ilk marta o'tkazilayotgan ushbu mundial oldingilariga nisbatan ko'proq etiborni o'ziga tortayotgani rost. Dastlab, musobaqaning 4 karra g'oliblari hisoblanmish italyanlarning jahon chempionatiga chiqa olmaganliklari katta shovshuv bilan tilga olingan bo'lsa, o'z tarixida ilk bor noodatiy vaqtda o'tkazilayotgan musobaqa boshlanishiga oz vaqtlar qolishi davomida ko'plab yulduzlarning birma-bir jarohat olib safdan chiqishlari yana bir ichki g'alayonlarga sabab bo'ldi.

Futbolchining ashaddiy dushmani hisoblanmish jarohat tufayli joriy mundialni Pogba, Kante, Mane, "abadiy omadsiz" - Marko Roys va yana bir nechta yulduzlarning tomoshabin bo'lib o'zlarining yonlarida o'tirishini muxlislar hazm qilib ulgurmasidanoq, amaldagi "Oltin to'p" sohibi Karim Benzema ham chap soni mushaklarining lat eyishi tufayli jahon chempionatinini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Ushbu musobaqada bir bor ishtirok etishni orzu qiladigan yulduzlar ham topilsada, beshinchi bor va katta ehtimol bilan so'nggi ishtirokida unda g'olib sifatida yakunlash istagida bo'lgan ikki "gigant" borki, bu holat butun etiboringizni ushbu jahon chempionatini kiprik qoqmay kuzatishga majbur qila oladi.

37 yoshli Ronaldu va 35 yoshli Messi butun faoliyati davomida Pele va Maradona (har ikkisi ham futbolchilik faoliyati davomida "Oltin to'p"ga munosib ko'rilmagan) orzu qilgan boshqa ko'plab sovrinlarni yutdi, ammo jahon chempionligiga erisha olmadi. SHu sabab yoshi ham "bir joy"ga borib qolgan ikki "qariya" bu musobaqaga borlarini tashlaydi.

Ko'plab futbol muxlislari borki, bu ikki afsonaning bir jamoa tarkibida to'p surishlarini va bir-birlari bilan qanday tandem hosil qilishlarini juda orzu qilishadi. U ikkisi ham o'z intervyularida bir-biriga maksimal hurmat ko'rsatgan holda gapiradilar, ammo hozirga qadar hech bo'lmasa bir marta tushlik stoli atrofida ham o'tirmaganliklarini qistirib o'tishadi.

Lekin ushbu jahon chempionati oldidan shunday voqea sodir bo'ldiki, bu hodisa shu avlod futbol muxlislarining yodidan bir umr chiqmaydi. Mashhur brend - Lui Viton kompaniyasi hech qaysi klub uddalamagan ishni amalga oshirdi. Ronaldu va Messini birga o'ynatdi. Faqat futbol emas, shaxmatda.

Ushbu ajoyib kadrlar bir lahzada butun dunyoni "portladi". Ikkisi birgalikda deyilganda "hech qachon" deya og'iz yirtadiganlar yoqalarini tishlashga majbur bo'lishdi. Ana endi hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Bu ikki futbolchi futboldagi umrining so'nggi lahzalarida ham barchani hayrat ko'chasiga etaklay olishini yana bir bor isbotlashdi.

Endi aslo chalg'ishga haqqingiz yo'q. Barchasini yig'ishtiring, bor etiboringizni Qatar yashil maydonlariga qarating. Zero, sizdan keyingilarga uzoq yillar entikib gapirib bera olishingiz mumkin bo'lgan hodisalar bugundan boshlanmoqda.

Umar Murod tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing