So’nggi yangiliklar

16:58"Менда бокс юзига айланиш учун барча имконият бор" - Гарсия 0 16:37Ғиёсов – Кэттерол жанги: Шаҳрамнинг чемпионлик синови ёки Британия мактабининг навбатдаги имтиҳони? (Мутолаа учун) 0 16:16Ҳумоюн Султонов Австрия турнири вице-чемпиони 0 15:55Бруну Фернандеш — АПЛда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси 0 15:34Илия Топурия қандай ҳолатда Макгрегор билан жанг қилишини айтди 0 15:13Озода Собиржонова Осиё чемпиони! Ҳисобимиздаги медаллар сони 8 тага етди 0 14:52"Мен тайёрман, очкўз бақалоқ" - Александр Усик Фьюри билан трилогия ҳақида гапирди 0 14:31А Сериянинг иккита клуби Салоҳга даъвогарлик қилмоқда 0 14:10Бугун Шаҳрам Ғиёсов Мисрда жанг қилади (жанг вақти + трансляция) 0 13:49Теренс Кроуфорд: "Рингда исботлайдиган ҳеч нарсам қолмади" 0 13:28Ган Перейранинг кўзларини эҳтиёт қилмоқчи эмас: "Бу ММА!" 0 13:07Гвардиола Роналдунинг устозига айланиши мумкин 0 12:46Агит Кабайел Усик учун Мисрга йўл олди. Нега? 0 12:25Камилла Раҳимова "Ролан Гаррос" асосий тўр илк даврасидаги рақибасини билиб олди 0 12:04WBO Ломаченкога чемпионлик учун жанг қилиш имконини беради 0

17 jan 18:00
Yangiliklar

Futbol

Hindiston termasi bosh murabbiyi: "Dastlabki o'yindagi durang O'zbekistonga bosim yuklagan. Hujumkor o'ynashga harakat qilamiz"

Teglar :  Hindiston
Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o'rin olgan Hindiston - O'zbekiston uchrashuvidan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida Hindiston termasi bosh murabbiyi Igor SHtimac va futbolchi Amrinder Singh qatnashdi.

- Janob murabbiy, O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan nimalar deya olasiz?

- Hammaga salom. Biz uchun juda katta o'yin. Avstraliyaga qarshi juda ko'p tajriba to'pladik. Hozir esa yana bir muhim o'yin oldidan turibmiz. O'zbekiston juda kuchli raqib. Ularning so'nggi natijalari barchasini aytib turibdi. O'zbekiston birinchi o'yinda g'alaba qozona olmadi, bu ularga bosim yuklayapti. Raqib ilk daqiqalardanoq katta kuch bilan oldinga borishi mumkin. Biz dastlabki daqiqalardagi bosimni engib o'tishimiz kerak. Futbolchilarimning kayfiyati yaxshi, ular yana bir imkoniyatga ega bo'layotganlaridan mamnunlar.

Amrinder Singhning uchrashuv haqidagi fikrlari qanday?

- Hindiston uchun qiyin bo'lishi aniq. Barcha futbolchilar yaxshi holatda, hamma o'zini tiklab oldi. O'zbekistoning Suriyaga qarshi o'yinini tomosha qildik. Ertaga qiyin bo'lishi aniq.

- Avstraliyaga qarshi o'yinda yaxshi harakat qildingiz, ammo yarim himoyadagi o'yiningiz juda kuchsiz kechdi. O'zbekistonga qarshi o'yinda bu kamchilikni qanday to'g'rilamoqchisiz? Raqib jamoaga ham baho berib o'tsangiz.

- O'zbekiston texnik jihatdan juda kuchli jamoa. Terma tarkibida Rossiya, Greciya, Franciyada to'p suradigan futbolchilar bor. SHu bilan birga, O'zbekiston tajribali futbolchilar bilan birgalikda yosh va g'alabaga chanqoq o'yinchilar ham talaygina. Biz ularga qarshi jamoaviy tarzda kurashishimiz va zich o'yin ko'rsatishimiz kerak. 

- Hindiston Avstraliyaga qarshi birinchi bo'limda yaxshi o'ynadi, ammo ikkinchi bo'limda maydonning ikkinchi yarmiga deyarli o'ta olmadik. Bu muammoni qanday echishni rejalashtirgansiz? SHu bilan birga jarohatlangan o'yinchilar haqida gapirsangiz...

- Bizda bir necha o'yinchilar jarohat olgan. Nomlarni ayta olmayman. Lekin o'zgarishlar bo'lishi aniq. Avstraliyaga kelsak, biz ular imkon bergan uslubda o'ynadik. Ular juda katta jamoa, jamoa futbolchilari Evropada o'ynashadi. Darajada farq katta. Avstraliya bizga qanday o'ynash imkonini qoldirgan bo'lsa, biz shu tarzda harakat qildik. Ikkinchi qavatdan juda ko'p uzatmalarni qaytardik. Birinchi bo'limda gol uchun zo'r imkoniyat bo'ldi. Agar o'sha vaziyat bo'lganda kim biladi nima bo'lardi. Jamoalar o'rtasida katta farq bo'lganda sizda unchalik ham ko'p imkoniyat bo'lmaydi.

- O'zbekistonga qarshi o'yin Avstraliya bilan o'yindan qanday farq qiladi? Raqib texnik jihatdan juda kuchli...

- Biz ko'proq hujumkor o'yinchilarga urg'u bermoqchimiz. Avstraliyaga qarshi o'yinda ham imkoniyatlar bo'ldi.  Biroq, o'sha o'yinda futbolchilar tashabbus ko'rsata olishmadi. Bu o'yinni analiz qilganimizdan so'ng ko'p narsa malum bo'ldi.

- Avstraliyaga qarshi o'yinda vaziyatlarni yakunlashda muammoga duch keldi. Bu masala bo'yicha ishlayapsizmi?

- Biz har kuni vaziyatlardan foydalanish bo'yicha ishlaymiz. 

- Avstraliyaga qarshi o'yinda juda ko'p muxlis keldi. Bu qanchalik ahamiyatli.

Quvaytga qarshi o'tkazilgan JCH saralash o'yinida mehmonda bo'lishimizga qaramay, bizni juda ko'p muxlis qo'llab-quvvatlagandi. Aynan shu narsa bizga doim yordam beradi. Biz o'sha o'yinda to'liq ustunlikka erishgandik. Muxlislar shuning uchun kerak. Bu erda ham juda ko'p muxlislarimiz bor. O'zbekistonga qarshi o'yinda raqibga bosim berishda muxlislarimiz katta rol o'ynashadi. Ularga katta rahmat aytaman.

- Musobaqa tashkilotchiligi bo'yicha fikring qanday? Biror kamchilik bormi? 

- Hammasi ajoyib. Jahon darajasidagi turnir. Tashkilotchilik juda yaxshi.

- Yarim himoyada hujumkor futbolchilarni o'ynatish vaqti kelmadimi?

- Albatta, bu aynan biz qilishimiz kerak bo'lgan ish.

- O'zbekiston Suriyaga qarshi katta ustunlikka erishdi. Ularga qarshi hujumda qanday harakat qilmoqchisiz?

- Ha, O'zbekiston Suriyaga qarshi o'yinda to'liq ustunlik qildi, ammo Suriya ko'rsatgan o'yinni ham etirof etish joiz. Suriyaliklar jismonan juda kuchli edi. Ular qarshi hujumda bo'lgan barcha vaziyatlardan foydalanishga harakat qilishdi. Suriyada to'pni nazorat qila oladigan va tezligi hisobiga bosh zonalarga ochila oladigan o'yinchilar bor edi. Aynan shu narsa bizga Avstraliya bilan o'yinda etishmadi. Bizning o'yinimiz butunlay boshqacha bo'ladi. Bu Osiyo kubogida hakamlar yakka kurashlarga imkoniyat berishmoqda. SHunday ekan, biz o'zaro to'qnashuvlardan biroz qochishimiz kerak. Tezkor paslar bilan, ko'proq yugurishimiz lozim bo'ladi.

- Avvalroq, Srechko Katanecning yaxshi bilishingiz haqida gapirgandingiz. Bu narsa O'zbekistonga qarshi o'yinda jamoaga yordam berishi mumkinmi?

- U men qanday o'ylashimni biladi, men esa u qanday fikrlashini. Bu narsa unchalik ham ahamiyatli emas. Biz ochiq zonalar qoldirmasligimiz kerak.

- Ertangi o'yinda qanday maqsad bilan harakat qilasiz? Ochko qo'lga kiritish asosiy maqsad bo'ladimi yoki hujumkor o'yin?

- Hindiston bu o'yinda bor kuchi bilan harakat qilishi kerak. Kecha O'mon termasi qanday o'ynaganini barchamiz ko'rdik. Ular ajoyib natija qayd etishlariga bir bahya qoldi. O'zbekiston bilan o'yinga kelsak, bizning yigitlar 100% tayyor. Ular lahzadan bahra olishadi. Avstraliyaga qarshi o'yindan ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lishimizga umid qilaman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing