So’nggi yangiliklar

14:43Мирафзал Ахтамов қайтмоқда: У Усман Нурмагомедов билан бир кардда жанг қилади, рақиб ҳам аниқ (Тўлиқ кард) 0 14:22Тўрабек Назарқулов Жаҳон чемпионати совриндори! 0 14:01Муҳаммаджон Қурбонов Naiza 76 турнирида бразилиялик рақибини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 13:40"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 млн евро тўлашга тайёр 0 13:19Телманов Junior Asian Cup 2025 ғолиби! Абдураззоқовда иккита медаль, Ҳимматов ҳам шоҳсупада 0 12:58Асу Алмабаевга 25 та ғалабаси бор жангчи "вызов" ташлади 0 12:37Ўзбекистон пара велоспорт терма жамоаси катта таркибда ЖЧга боради 0 12:16Лука Модрич А Серия рекордини ўрнатди 0 11:53Нодирбек Якуббоев асосий рақиби билан дуранг ўйнади 0 11:32Мартон Фучович Winston-Salem Open чемпиони! 0 11:11Исроил Мадримовнинг вазнида кутилмаган чемпион 0 10:43Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 10:17Россиялик теннисчи Мексикада чемпион бўлди 0 09:51Усман Нурмагомедов: "Бир йилдан кейин UFC`да бўламан — ўшанда гаплашамиз" 0 09:26Чемпион Волкановски навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди. У Евлоев эмас! 0

28 jan 16:10
Yangiliklar

Boks/MMA

"Hozircha bu faoliyatimdagi eng muhim jang". Murodjon Ahmadaliev Mayamida Daniel Roman bilan to'qnash keldi + FOTO

Xabaringiz bor, 30 yanvar (Toshkentda 31 yanvar tongi) professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliev ikki yo'nalish chempionligi uchun amerikalik Daniel Romanga qarshi jang qiladi.

Kecha Ahmadaliev mazkur jang oldidan Mayamida Daniel Roman bilan yuzma-yuz keldi. 

"Bu tarixiy damlar. Sakkizinchi jangdayoq ikki vazn toifasida chempion bo'lgan o'zbekistonlik birinchi bokschi bo'lish - katta tarixiy muvaffaqiyatdir. Men mamlakatimni tanitmoqchiman. Boks - O'zbekistonda birinchi raqamli sport turi, Xudoning qo'llashi bilan barchasi yaxshi bo'ladi. 

Bu reallikka aylanayotgan orzudir. Men 17 yil davomda ushbu cho'qqiga keldim, kuniga ikki martadan mashg'ulotlar o'tkazardim. Judayam ko'p jarohat oldim, barcha qurbonliklar mana shunday janglar uchun edi. Bilaman, ko'pchilik menda tajriba etmayapti, Denni meni nokaut qiladi yoki shunga o'xshash holat bo'ladi deb o'ylamoqda. Lekin ishoning, men buning uchun hayotimning 17 yilini bag'ishladim, jang kuni xech narsa o'zgarmaydi. 


Hozircha bu faoliyatimdagi eng muhim jang. Men ikki yo'nalish chempionligi uchun jang qilaman. Bu oldinga tashlangan katta qadamdir. Biz murabbiylarim Antonio va Joel Dias bilan ushbu jangga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik.

Bungacha ettita jang o'tkazdim, ularning xech qaysisida raqibim meni g'alabadan mahrum qila olishi mumkinligini his qilmadim. Men ushbu jangni oldingilari bilan taqqoslayotganim yo'q, saviyani tushunib turibman va qiyin jang bo'lishini bilaman. 

Uning tajribali ekanligi haqida gapiraverishsin. Biz ringda to'qnash kelganimizda kim kuchli, tajribali, tezkor va aqlli ekanligimiz aniq bo'ladi. Men ko'p gapirishni yoqtirmayman. Men jang qilishni yaxshi ko'raman va ushbu bahsni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", - dedi Ahmadaliev. 

Reyting:    

Fikrlar

   
29 jan 11:45:18
S A
Olloxim uzi madad bersin tarix yarat sen buyuk yurt farzandisan avlodlaring buyuk dining xaq din hech qachon taslim bolma va sabrli bol Ollox sabrlilarni mukofotini beradi.
   
29 jan 09:32:44
Komiljon.
Murodjon biz senga ishonamiz g'alaba seniki
   
28 jan 20:37:22
Ibratbek Khajiyev
Uka bu yodlangan faqat oxirgi qatorlarigina o'ziga tegishli
   
28 jan 19:32:20
SPRINTERshashist
Хуллас професинал футболни йигиштириб оддий одамлар орасида оддий футболни ривожлантириш керак. Катта футболда 29 йилдан бери факат бир нарса булмокда охирида гуё уйин сотилади . Яна шк пулларга боксни ривлжлантирсак юртимизни обросини тезрок кутарамиз
   
28 jan 19:12:11
Элдор Сафаров
Гап йук молодец узига ишонгани Энг катта ютук жангдан кейин шу кайфиятда колгинда худо ер булсин.
   
28 jan 19:04:06
Angren.
Кака куп гапирмаганинг шу буса...
   
28 jan 17:44:09
Сурхон Барлос
тероқ жут
   
28 jan 16:35:19
Shovkat
Olloxim ozi kuch quvvat bersin galaba kutb qolamz
   
28 jan 16:13:54
Bek
Молодец. Энг мухими ўзига ишончи етарли. Фақат ғалаба кутамиз.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing