03 okt 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Huker Islam Maxachev haqida fikr bildirdi
Engil vazn toifasida UFC reytingining oltinchi raqamli jangchisi Den Huker Islam Maxachevga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
"Islamni Xabibga juda ko'p bor o'xshatishadi. U so'nggi janglarida juda katta ustunlik bilan raqiblarini mag'lub etdi. Men Dryu Dober bilan birgalikda mashg'ulotlarda ishtirok etgan va qanday qilib Islam uni bunchalik osonlik bilan mag'lub etganiga hayron bo'ldim. Uning jang uslubi juda ajoyib, biroq men uni oddiy inson ekanligini ko'rsatib qo'ygan birinchi jangchi bo'lishni istayman. Ko'pchilik uchun Islam engilmas raqibdek, biroq men mashg'ulotlarda juda ko'p kuchli va kurashchi jangchilarga qarshi sparing o'tkazganman",-dedi Huker.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar