So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

07 dek 18:18
Yangiliklar

Tadbirlar, Xokkey

"Humo" yosh xokkeychilar uchun o'ziga xos tadbir uyushtirdi + FOTO

Teglar :  Humo
Bugun, 7 dekabr kuni "Humo Arena"da "Humo" xokkey klubi tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan yosh xokkeychilar uchun tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida O'zbekiston xokkey federaciyasi mutasaddilari, "Humo" xokkey klubi rahbariyati va jamoa azolari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan xokkey jamoasi azolari va OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Yosh xokkeychilar "Humo" kiyinish xonasiga kirib, katta jamoadagi muhitni his qilishdi. O'sha erning o'zida ular o'zlarining sevimli xokkeychilari bilan uchrashib, birgalikda suratga tushish, dastxat olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. 


Uchrashuv davomida "Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin so'zga chiqib, aynan mana shu yosh yigitlardan kelajakda O'zbekiston terma jamoasi azolari etishib chiqishi, aynan ular kelajakda jahon chempionati va Olimpiya o'yinlarida mamlakat sharafini himoya qilishini takidlab o'tdi. Yosh xokkeychilar uchun o'zining eng samimiy tilaklarini bildirib o'tdi. 


SHundan so'ng "Humo" jamoasi tomonidan yosh xokkeychilarga xokkey ekipirovkalari sovg'a sifatida topshirildi. 

O'z navbatida bolajonlar ko'rsatilgan bunday etibordan xursand ekanliklarini yashirib o'tirishmadi, ushbu uchrashuvdan bir olam taassurot olishdi. 


"Bunday tadbirda ishtirok etish juda yoqimli. Yosh xokkeychilar juda kayfiyatda oldimizga kelishdi, jamoamiz azolari ham ushbu uchrashuvdan xursand bo'lishdi. 

O'zbekistonda "Humo Arena" bunyod etilganidan so'ng xokkey bir pog'ona yuqoriga ko'tarildi. O'yinlarga ham qiziqish kuchayib bormoqda. O'zbek men uchun mehnatsevar, adolatli, jonkuyar va madaniyatli insonlardir. Ushbu hislatlar xokkeychi uchun aynan kerakli jihatdir. Ishonchim komilki, 10-12 yildan ushbu yosh xokkeychilar terma jamoa yulduzi sifatida shakllanadilar. Agar infratuzilma to'g'ri yo'lga qo'yilsa, mamlakatda xokkey ham rivojlanadi. Bugungi yoshlar kelajakda JCH va Olimpiadada O'zbekiston sharafini himoya qiladilar. 

Bayram oldidan barchani muborakbod etaman. Bu erda insonlar ajoyib. Bozorlarga borib odamlar bilan miriqib gaplashasan, hazillashasan. Mana shunday mamlakatda xokkeyni yanada rivojlanishini istaymiz", - dedi Evgeniy Popixin.

Suratlar muallifi - Tolibjon Qosimov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing