04 iyu 09:58
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov 1/4 finalda uch setlik uchrashuv o'tkazdi
Germaniyaning Marburg shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi ITF tasnifiga kiruvchi M25 toifasidagi turnirda 1/2 final juftliklari malum bo'ldi.
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etdi va yarim final ostonasida yurishini to'xtatdi. Hamyurtimiz 1/4 finalda sloveniyalik Filip Jeff Planinsekka qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda afsuski, Sultonov reytingda o'zidan yuqorida turgan raqibiga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi — 5/7, 6/2, 2/6.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ayni paytda dunyo reytingida 603, turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Planinsek 565-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar