23 may 09:16
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Avstriya turniri bosh sovrini uchun o'ynaydi
Avstriyaning Klagenfurt shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnirning ilk finalchisi aniqlandi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz Humoyun Sultonov ortiqcha qiyinchiliksiz final chiptasini qo'lga kiritdi. Mamlakatimizning sobiq birinchi raketkasi 1/2 finalda chexiyalik 31 yoshli Dominik Rechekni 6/1, 6/0 hisobida dog'da qoldirdi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 806, Rechek 1002-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Endi Humoyun musobaqa bosh sovrini uchun turnirning ikkinchi raketkasi Samuel Periga qarshi kortga chiqadi. Italiyalik tennischi 1/2 finalda ukrainalik Oleksi Krutixni 7/5, 6/3 hisobida engdi. Peri hozirda dunyoning 471-raketkasi hisoblanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar