23 may 16:16
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Avstriya turniri vice-chempioni
Avstriyaning Klagenfurt shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Hamyurtimiz Humoyun Sultonov musobaqa bosh sovrini uchun kechgan hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning ikkinchi raketkasi, italiyalik Samuel Periga qarshi kortga chiqdi. Tajribali Peri final bahsini ortiqcha qiyinchiliksiz o'z foydasiga hal qildi - 6/1, 6/2.
Taqqoslash uchun, Samuel Peri hozirda dunyoning 471-raketkasi bo'lib turibdi. Humoyun Sultonov esa ATP reytingida 806-pog'onadan joy olgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar