21 may 19:02
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Avstriyada yarim finalga chiqdi
Klagenfurt shahrida (Avstriya) tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etib bormoqda.
Xabar berganimizdek, musobaqada mamlakatimizning sobiq birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti.
U bugun turnir chorak finali doirasida Kelvin Myullerga qarshi kortga chiqdi. Bahsda Humoyun 2:0 (6/3, 7/5) hisobida zafar quchdi.
Endi Sultonovga M15 turniri yarim finalida CHexiya vakili, 31 yoshli Dominik Rechek raqiblik qiladi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 806, Rechek esa 1002-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar