21 may 08:25
Yangiliklar
Humoyun Sultonov beshinchi raketkani mag'lub etdi
Jarohatlar sabab musobaqalarda ishtirok eta olmagan va buning natijasida reytingda yaxshigina pastlagan Humoyun Sultonov Klagenfurt turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagandi.
Mamlakatimizning sobiq birinchi raketkasi 1/8 finalda ikkinchi muhim g'alabasiga erishdi. Sultonov turnirning beshinchi raketkasi, germaniyalik Luis Vesselsni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchrata oldi - 6/3, 3/6, 6/3.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 806, Vessels esa 657-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Endi Humoyun 1/4 finalda yana bir olmon tennischisi Kelvin Myullerga qarshi kortga chiqadi. ATP reytingida 924-pog'onadan joy olgan Myuller 1/8 finalda turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan, dunyoning 553-raketkasi vengriyalik Peter Faytani 6/4, 7/5 hisobida engishga muvaffaq bo'ldi.

Fikrlar