31 mar 18:29
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov bir oylik tanaffusdan so'ng kortga qaytdi
Xitoyning Maanshan shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ITF M25 musobaqasi o'tkazilyapti.
Musobaqa asosiy to'rining ilk davrasida o'zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Xitoy vakili Jang Tyanxuyga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 26 daqiqa davom etgan o'yinda Sultonov kambek qurboniga aylandi. 20 yashar CHin yurti vakili bahsda 2/6, 6/1, 7/5 hisobida zafar quchdi va 1/8 finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, 27 yoshli Humoyun Sultonov hozirda ATP reytingida 746, Jang Tyanxuy esa 795-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar