03 iyu 13:37
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov birinchi raketkaga uchtagina geym berdi
Germaniyaning Marburg shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ITF tasnifiga kiruvchi M25 toifasidagi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. U ilk bosqichda niderlandiyalik Jim Xendriksga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi — 6/0, 6/0.
Ikkinchi davrada ham raqibini deyarli sezmadi. Humoyun turnirning birinchi raketkasi, britaniyalik Paul Jabbni 6/2, 6/1 hisobida dog'da qoldirdi va 1/4 finalga yo'l oldi. Bugun hamyurtimiz yarim final chiptasi uchun sloveniyalik Filip Jeff Planinsekka qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ayni paytda dunyo reytingida 603, Paul Jabb 331, Planinsek esa 565-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar