20 may 07:02
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov g'alaba bilan qaytdi
Avstriyaning Klagenfurt shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Jarohatlar sabab musobaqalarda ishtirok eta olmagan va buning natijasida reytingda yaxshigina pastlagan Humoyun Sultonov Klagenfurt turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Mamlakatimizning sobiq birinchi raketkasi 1/16 finalda mezbon tennischi Mattias Uyvarini 6/1, 6/3 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 806, Uyvari esa 1099-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar