27 iyu 20:56
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov ikki g'alabasi evaziga Svijany Open asosiy to'riga chiqdi
CHexiyaning Liberec shahrida tennis bo'yicha Challenger 75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 97 640 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/2 finalda chexiyalik Dominik Rechekni 6/3, 6/2 hisobida mag'lub etgandi.
Biroz avval yakuniga etgan va asosiy to'rga yo'llanma bergan final uchrashuvida saralashda ettinchi raqam ostida tasniflangan vakilimiz qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Sultonov ukrainalik Aleksandr Brayninga qarshi kechgan 2 soatu 14 daqiqalik bahsda kambek amalga oshirdi - 3/6, 6/3, 7/5.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ayni paytda ATP reytingida 520, Rechek 853, Braynin esa 775-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar