31 jan 15:25
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Quvaytdagi turnirda finalga yo'l oldi
Kuvaytning Zahra shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov yarim finalda rossiyalik Evgeniy Karlovskiyga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuv davomida Humoyun 7:6, 6:1 hisoblarida g'alabaga erishdi va finalga yo'l oldi.
Endi tennischimiz ertaga finalda Luka Staeli (SHveycariya) yoki Bittun-Kuzmin Konstantin (Franciya)ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 581, Karlovskiy esa 809-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar