30 okt 10:15
Yangiliklar
Humoyun Sultonov reytingda o'zidan qariyb 400 pog'ona quyidagi tennischi oldida ojiz qoldi
Musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik Humoyun Sultonov o'z yurishini nimchorak final bosqichidayoq to'xtatdi.
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi avstraliyalik CHeys Fergyusonga qarshi bahs olib bordi. Biroz avval yakuniga etgan va 2 soatu 31 daqiqa davom etgan uchrashuvda tennischimiz raqibiga 4/6, 6/4, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Qizig'i, Humoyun musobaqada ikkinchi raqam ostida tasniflangan edi. Sultonov hal qiluvchi uchinchi setning 10-geymida 4/5 hisobida yutqazagayotgan, kamida raqibining geymida ham 0/40 ko'rinishida boy berayotgandi. Vakilimiz iroda ko'rsatib, 40/40 ko'rinishiga olib keldi, ammo mo'jiza ro'y bermadi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni damda ATP reytingida 382, Fergyuson esa 864-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar