30 may 11:30
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Sloveniyadagi M15 turniri yarim finalida
Sloveniyaning Kranska-Gora shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ITF turkumiga kiruvchi M15 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Turnirda o'zbekistonlik Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz kecha turnir chorak finali doirasida italiyalik 29 yoshli Aleksandr Vaysga qarshi kortga chiqib, 2:1 (3/6, 6/4, 6/2) hisobida g'alaba qozondi.
Endi Humoyun musobaqa finali chiptasi uchun Germaniya vakili Maksimilian Xomberg bilan bahs olib boradi. Taqqoslash uchun, 27 yashar Sultonov ATP reytingida 813, 23 yoshli Xomberg esa 843-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar