28 iyu 15:45
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Zagreb turniri g'olibi!
Xorvatiya poytaxti Zagreb shahri mezbonlik qilgan M25 toifasiga kiruvchi turnir o'zbekistonlik tennischining chempionligi bilan yakuniga etdi.
Quvonarlisi, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz hal qiluvchi final uchrashuvida SHimoliy Makedoniya vakili Kalin Ivanovskini ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Taqqoslash uchun, turnirda ettinchi raqam ostida harakat qilgan Sultonov ayni paytda ATP reytingida 632, Ivanovski esa 1147-pog'onada bormoqda. Humoyun musobaqa davomida reytingda o'zidan yuqorida turgan turnirning birinchi va to'rtinchi raketkalarini mag'lub etishga muvaffaq bo'lgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar