02 fev 07:31
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Zahra turniri chempioni!
Kuvaytning Zahra shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir hamyurtimizning g'alabasi bilan yakunlandi.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov turnir chempioniga aylandi. U hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning beshinchi raketkasi, shveycariyalik Luka Stayxelini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/2.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov final oldidan ATP reytingida 581, 25 yoshli Luka esa 749-pog'onadan joy olgandi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar