29 jan 15:38
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Zahrada 1/4 finalga chiqdi
Kuvaytning Zahra shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov biroz avval yakuniga etgan bahsda chorak final masalasini ijobiy hal qildi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/8 finalda franciyalik Maksense Rivetni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/2.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 581, 22 yoshli Rivet esa 1243-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Endi tennischimiz 1/4 finalda ruminiyalik Robert Guna yoki yaponiyalik Kazuki Nishivakiga qarshi kortga chiqadi. Bu ikki tennischi o'rtasidagi uchrashuv ayni daqiqalarda davom etmoqda.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar