27 jan 18:59
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Zahradagi yurishini muvaffaqiyatli boshladi
Kuvaytning Zahra shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov o'z ishtirokini engil g'alaba bilan boshladi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/16 finalda turkiyalik Koray Kirchiga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set 6/1 hisobida Sultonov foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setning beshinchi geymidan Koray bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytga kelib Humoyun 4/1 hisobida oldinda borayotgandi.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 581, Kirchi 1040-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar