22 sen 16:23
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonovning g'alabasiz seriyasi davom etyapti
Xitoyning Czinshan shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida Jingshan Challenger turniri bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqa saralashi doirasida O'zbekistonning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov SHveycariya vakili Luka Kastelnuovoga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu uch daqiqa davom etgan bahsda shveycariyalik tennischining 6/4, 6/2 hisobidagi g'alabasi qayd etildi.
Malumot o'rnida, Humoyun Sultonov hozirda ATP reytingida 403, Luka Kastelnuovo esa 465-o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz so'nggi o'tkazgan 10 ta uchrashuvining 2 tasidagina g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar