08 apr 16:15
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonovning Xitoydagi muvaffaqiyatsizliklari davom etyapti
Xitoyning Maanshan shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ITF M25 Maanshan 2 turniri boshlandi.
O'zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Maanshan mezbonligidagi ikkinchi turnirda ham omadini sinab ko'rdi.
U bugun asosiy to'rtning ilk davrasida franciyalik Artur Veber bilan bahs olib borib, 0:2 (3/6, 4/6) hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'yin oldidan ATP reytingida Humoyun 802, Veber esa 415-o'rinni egallab turgandi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar