27 may 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Humoyun To'xtamurodov AQSHdagi menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Humoyun To'xtamurodov ECB Sports Management tashkiloti bilan hamkorlikka erishdi.
Malumot uchun, ushbu tashkilot Amerika Qo'shma SHtatlarida faoliyat yuritadi va ko'plab o'zbek jangchilari bilan hamkorlikda ishlaydi.
Yarim o'rta vazn toifasidagi PFL jangchisi Mirafzal Ahtamov yaqindagina ECB'da menejer sifatida o'z karerasini boshlagandi. Engil vazn toifasida jang qiluvchi Humoyun To'xtamurodov Ahtamovning ilk jangchisi bo'ladi.
To'xtamurodov ham endilikda menejerlik masalalari bo'yicha ECB Sports Management bilan birgalikda ishlaydi.
Humoyun 30 iyun kuni Qozog'istonda navbatdagi jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar